Shifokorlar uchun savollar na`munasi

  1. “O'zbekistonda rivojlantirish strategiyasi 2022-2026 PQ-60”.
  2. “Siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy sohalarga oid Prezident farmonlari-5590,
    PQ-6110, PQ-6099.
  3. SSVni qarorlarini o'rganish. Tibbiy yordam sifatini oshirish
    (O'zR SSV buyruqlari №210, 215).
  4. Aholi tibbiy-profilaktik ko'rigini tashkillashtirish.
  5. Alkogolizm, narkomaniya va chekishni oqibatlari kabi mavzularda va zararli odatlari bor mijozlar bilan suxbatlashish.
  6. Epidimiologiya, salomatlik determinantlari, kasallanish, tarqalganlik, o'lim ko'rsatkichlari.
  7. Aholi orasida qandli diabet, bronxial astma, og'ir vaznlik misolida noinfektsion kasalliklarni nazorati.
  8. Gripp, tuberkulez, virusli gepatitlarni oldini olish.
  9. QVP/OP shifokorlarining skrining kartasini tuzish.
  10. Iqlim o'zgarishining salomatlikka ta’siri. O'zbekistonda iqlim o'zgarishini baholash.
  11. Universal progressiv patronaj nima va u qanday amalga oshiriladi.
  12. Tibbiy brigada tushunchasi nima? U faoliyatini qaysi hujjatlarga asosan qanday amalga oshiradi.
  13. Maslahat o'tkazish modellari va strukturasi.
  14. “Qiyin kasallar” bilan ishlash.
  15. STT asoslari: ratsional ovqatlanish, jismoniy harakatlar va yuklamalar turlari, zararli odatlar va stresslardan voz kechish qadamlari.
  16. Etika, konfidentsiallik, ma’lumotga tayangan rozilik masalalari.
  17. Dalillarga tayangan tibbiyot.
  18. Shifokor amaliyotida dalillarga tayangan tibbiyotni qo'llash.
  19. Oilaviy poliklinikalarda ishni tashkil etish, oilaviy shifokor va patronaj hamshiralarni vazifa va majburiyatlari.
  20. Sog’liqni saqlash tizimi tuzilishi.
  21. Ratsional davolash jarayoni. Personal dori vositasini tanlash.
  22. Bemordagi tibbiy muammolarni aniqlash. Davolash maqsadi va vazifasini belgilash.
  23. Teri infektsion parazitar kasalliklari: impetigo, genitaliy soxasi teri yaralari, eshakemi, qichima.
  24. Teri zamburug‘li kasalliklari: dermatofitiya, kandidoz, tangachalitemiratki.
  25. Mijozlarga dori vositalari buyurganda ma’lumot, instruktaj va ogoxlantirish. Davolash jarayonini kuzatish.
  26. OIV/OITS: etiologiya, epidemiologiya, bemorlarni oilaviy poliklinika sharoitida olib borish tamoyilari.
  27. OIV/OITS da testgacha va testdan keyingi maslahat o‘tkazish
  28. Teridagi patologik elementlar
  29. Teri kasalliklarining
  30. Tangachali temiratki, qizil yassi temiratki, oddiy xusunbuzarlar.
  31. Teridagi xajmli kasalliklar: papillomatoz, lipoma, rak.
  32. Shoshilinch kontratseptsiya. Nojo‘yata’sirlari
  33. Kontratseptsiya vositalarinii shlatishda JSST bo‘yicha maqbullik mezonlari.
  34. BIV ishlatish bo‘yicha ko‘rsatma, qarshi ko‘rsatma, nojo‘ya ta’sirlari, maslaxat
  35. To‘siq usuli, tabiiyusullar, Ko‘rsatma, qarshi ko‘rsatma, nojo‘ya ta’siri, maslaxat.
  36. Kontratseptsiya bo‘yicha reja, extiyoj va qamrov.
  37. Turli yosh guruxidagi ayollarda kontratseptsiya.
  38. Gravidogrammani belgilash va
  39. Samarali antenatal parvarish asoslari.
  40. Qandli diabet bilan homiladorlikni standart va klinik protokollar bo‘yicha boshqarish
  41. B12 tanqisligi kamqonligining umumiy sabablari.
  42. Eng tez- ko’p uchraydigan anemiya turlari.
  43. Bolalar va tug'ish yoshidagi ayollarda temir tanqisligi kamqonligini skrining va davolash algoritmi.
  44. Temir tanqisligi kamqonligida ratsional ovqatlanish tamoyillari.
  45. B12 etishmovchilik anemiyasi o'rnini bosuvchi terapiya tamoyillari.
  46. Gipertenziyada yurak-qon tomir asoratlari xavfini baholash
  47. Maqsadli qon bosimi. Arterial gipertenziyada maqsadli qon bosimi darajasiga erishish uchun individual yondashuv
  48. Oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida arterial gipertenziya bilan kasallangan bemorlarni boshqarish taktikasi.
  49. Arterial gipertenziya uchun mutaxassis bilan maslahatlashish va kasalxonaga yotqizish uchun ko'rsatmalar.
  50. Arterial gipertenziyada instrumental tekshirish va natijalarni sharhlash
  51. Bemorning yoshini, birga keladigan kasalliklarni va gipertoniyadagi nojo'ya ta'sirlarni hisobga olgan holda dori-darmonlarni tayinlang.
  52. Xavf darajasini hisobga olgan holda dori vositasini tanlash mezonlari. Arterial gipertenziyani mono va kombinatsiyalangan davolash tamoyillari.
  53. Stenokardiya va o‘tkir miokard infarktining belgilari va klinik belgilari.
  54. Stabil bo'lmagan stenokardiya va o'tkir miokard infarkti uchun asosiy shoshilinch yordam choralari.
  55. Miokardit va perikarditning diagnostic klinik belgilari
  56. Miokardit va perikarditning EKG belgilari.
  57. Perikardit va miokardit bilan og'rigan bemorlarni davolashda oilaviy shifokorning taktikasi.
  58. Plevrit va o'pka shishining rentgenologik diagnostikasi.
  59. Qon tuflash bilan kechadigan kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni boshqarishda oilaviy shifokorning taktikasi.
  60. Bronxit, bronxiolit, pnevmoniya bilan og'rigan bemorlarni davolash.
  61. Bronxit, bronxiolit, pnevmoniyaning rentgen diagnostikasi.
  62. Pnevmoniyaning klinik va diagnostic mezonlari.
  63. Faringit, tonzillit, laringit, epiglottit, o'rta otitlarning klinik diagnostic mezonlari.
  64. Yo'tal bilan kechadigan yuqori nafas yo'llarining kasalliklarini aniqlash usullari.
  65. Faringit, tonzillit, laringit bilan og'rigan bemorlarni davolash. LOR konsultatsiyasi.
  66. Semizlik va ortiqcha vaznning klinik va instrumental mezonlari
  67. Semizlik va metabolic sindromli bemorlarni olib boorish taktikasi va klinik tekshirish usullari.
  68. Kattalardagi metabolic sindromni klinik, laboratoriyava instrumental diagnostika qilishning diagnostic mezonlari.
  69. A va C gipo- va avitaminozlarning klinikk o'rinishlari.
  70. Unni temir bilan boyitish, tuzni yodlash haqida tushuncha.
  71. Turli yoshdagi bolalarda gipovitaminozni davolash tamoyillari.
  72. Qandli diabetning og'ir asoratlari va ularning oldini olish bo'yicha bemorlar va ularning oila a'zolariga maslahat berish
  73. Qandli diabetning laboratoriya diagnostikasi usullari va ularni izohlash
  74. Qandli diabet bilan og'rigan bemorlarning dietasi uchun mahsulotlarni tanlash xususiyatlari
  75. Kattalardagi 2-toifa qandli diabetni erta tashxislash va oldini olish tamoyillari.
  76. Tug’ma gipotiriozning klinik diagnostic mezonlari. Sabab omillari va profilaktikasi.
  77. Qalqonsimon bez kasalliklarida vazn yo'qotish va semirishni erta tashxislash.
  78. Dori vositalari: levotiroksin va merkazolilni qabul qiluvchi bemorlarning holatini davolash va monitoring qilish.
  79. Surunkali obstruktiv o'pka kasalligi bilan og'rigan bemorlarni davolash va tarbiyalash tamoyillari.
  80. Bronxial astma va surunkali obstruktiv o'pka kasalliklarini tashxislash usullari.
  81. Svetofor usuli va oilaviy shifokor taktikasi.
  82. Bronxial astmaning paydo bo'lishi va kuchayishining asosiy sabablari.
  83. Bolalarda bronxial astma kechishining xususiyatlari.
  84. O'pka saratonini erta tashxislash.
  85. O'pka saratoni bilan og'rigan bemorlarni dispenser kuzatuvi.
  86. Sut bezlarini fizik tekshirish xususiyatlari va saratonning dastlabki belgilari.
  87. Ko'krak bezi saratoni oldini olishning zamonaviy usullari.
  88. Bachadon bo'yni saratonining xavf omillari va oldini olish usullari.
  89. Prostata bezining yaxshi xulqli giperplaziyasini kasalxonaga qadar fizikaviy va laboratoriya tekshiruvi.
  90. Oshqozon saratonining klinik belgilari
  91. GERB klinika, diagnostika, davolash.
  92. Surunkali gepatitlar klinika, diagnostika, davolash.
  93. Jigar noalkogol yog’li kasalligi klinika, diagnostika, davolash.
  94. Ichak ta’sirlanish sindromi klinika, diagnostika, davolash.
  95. Malabsorbtsiya sindromi. Yosh bolalarda va keksalarda klinik kechishi xususiyatlari.
  96. Malabsorbtsiya sindromida medikamentoz va nomedikamentoz davolash. Malabsorbtsiya sindromi bilan bemorlarni dispanser kuzatuvi va monitoringi.
  97. Malabsorbtsiya sindromida birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika.
  98. OIT a’zolari kasalliklari bilan bemorlarni dispanser kuzatuvi va monitoringi.
  99. OIT a’zolari kasalliklarini bilan bemorlarni birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika o'tkazish.
  100. Buyrak, peshob-tanosil tizimi kasalliklarining o'ziga xos xususiyatlari va ularning davolashning zamonaviy usullari.
  101. Jinsiy yo'l bilan yuquvchi kasalliklarni tashxislashda sindromal yondoshuv.
  102. Jinsiy yo'l bilan yuquvchi kasalliklarni davolash algoritmlari. JSST ni JYOYuK bo'yicha tavsiyalari.
  103. Buyrak kasalliklarni qiyosiy tashxislash: pielonefrit, glomerulonefrit.
  104. Buyrak kolikasi, surunkali buyrak etishmovchiligi bilan kechuvchi kasalliklarni qiyosiy tashxislash.
  105. Reaktiv artritlar: klinika, diagnostika, davolash.
  106. Reyter kasalligi.
  107. Podagra: klinika, diagnostika, davolash.
  108. Bo'g'imlar xolatiga baxo berish, simptomlar semiotikasi.
  109. klinika, diagnostika, davolash.
  110. Osteoxondroz: klinika, diagnostika, davolash.
  111. Bexterev kasalligi: klinika, diagnostika, davolash.
  112. Eng ko'p uchraydigan nevrologik kasallik: migren tashhislash, davolashdagi zamonaviy yondashuvlar.
  113. Eng ko'p uchraydigan nevrologik kasallik: distsirkulyator entsefalopatiya tashhislash, davolashdagi zamonaviy yondashuvlar.
  114. Bosh og'rig'i bilan kechuvchi nevrologik kasalliklar qiyosiy tashxislash. Zo'riqishdagi bosh og'rig'i klinikasi, tashxislash va davolash.
  115. Nevrologik statusni baxolash. 12 juft bosh miya nervlarini tekshirish va baholash.
  116. Depressiya, nevroz, tashvishli holatlar - maniya va fobiyalar, psixosomatik o'zgarishlar: diagnostika va OSH taktikasi.
  117. Nevrozlar, engil darajadagi nevrotik o'zgarishlar, nevrozlar va nevrozga o'xshash xolatlarni quvvatlovchi psixoterapiyadagi yangicha talqin.
  118. Psixik statusni baxolash, psixoprofilaktika.
  119. Profilaktik emlashlar taqvimi (SanPiNUz). Vaktsinalarning xususiyatlari. Emlash uchun ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar.
  120. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda shartsiz reflekslar. Bolaning neyropsik rivojlanishini baholash.
  121. Mineral almashinuvining buzilishi. Raxit, spazmofiliya. Raxitni klinikasi.
  122. Raxitik tetaniyada birinchi yordam. D vitamin bilan davolash.
  123. Siydik chiqarish yo'llarining infektsiyasi. Sistit, uretrit, fimoz, ballanopastit, davolash, profilaktika.
  124. Klinik kechishi, davolash, oldiniolish.
  125. O'smirlik davridagi tibbiy muammolar. Giyohvandlik, OIV infektsiyasi. Chekish va alkogolizmning oldiniolish.
  126. O'smirlarda homiladorlikning oldini olish. Bachadon bo'yni saratonining oldini olish.
  127. Epidemiologiya. Klinika.Davolash. Oldini olish.
  128. Bolalarning anatomic va fiziologik xususiyatlari. Anamnezni olish, fizik tekshiruv, onalarga maslahat.
  129. O'tkir revmatik isitma diagnostic mezonlari, davolash taktikasi. Dispanser nazorati.
  130. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda (fiziologik, yangi tug’ilgan chaqaloqda gemolitik kasallik) tashxislash kriteriyalari, davolash, profilaktika.
  131. Xavfsiz onalik strategiyasi. Antenatal parvarishning samarali asoslari. Homiladorlik uchun tayyorgarlik.
  132. Homiladorlik davrida ayollarni skrining va tekshirish. Standartlardan foydalanish. 137-sonli buyruq. Uyda homiladorlik kartasi. Gravidogramma.
  133. Homiladorlik davrida ayol organizmidagi o'zgarishlar. Homiladorlik belgilari (ko'ngil aynishi, qusish, yurak urishi, qindan ajralmalar kelishi) va homilador ayolga g'amxo'rlik qilish uchun Osh taktikasi.
  134. Akusherlik tekshiruvi (Leopold-Levitskiy usullari). Homiladorlik bo'yicha maslahatlar (ovqatlanish, sog’lom turmush tarzi).
  135. Homiladorlik davridagi patologik holatlar. Anemiya, rezus-faktor mos bo’lmagan homiladorlik, Osh taktikasi.
  136. Homiladorlik davridagi patologik holatlar. Qandli diabet, Osh taktikasi.
  137. Homiladorlik davridagi patologik holatlar. Preeklampsiya, eklampsiya, Osh taktikasi.
  138. Homiladorlik davridagi patologik holatlar. Arterial gipertoniya, Osh taktikasi.
  139. Homiladorlik paytida favqulodda vaziyatlar – qon ketishda Osh taktikasi.
  140. Qariya bemorlarni davolashda va parvarishdagi zamonaviy va ilg‘or ko‘nikmalar.
  141. Laringotraxeit: symptom, diagnostika, OSh da davolanish.
  142. Jaroxatlar: pay cho’zilishi va uzilishida, bo’g’im chiqishi va suyak sinishida oilaviy shifokor taktikasi.
  143. Kuyish, elektr jaroxatlar: simptomlar, usullar, davolash va bemorlarni kuzatishda OSh taktikasi.
  144. Shok xolatida OSh taktikasi anafilaktik shok sabablari, simptomlari OSh taktikasi.
  145. Miokard infarktida, klinik protakol va standart bo‘yicha yordam ko‘rsatishda oilaviy shifokor taktikasi
  146. Qariyalar uchun sog‘lom turmush tarzi asoslari va to‘g‘ri ovqatlanish
  147. Allergik rinit, klinikasi, tashxislash, davolash.
  148. Qarish teoriyasi diagnostika muammolari, gereatrik s indromlarni o’ziga xosligi.
  149. Kattalar va bolalarda yurak-o’pka reanimatsiyasi.
  150. Operatsiya qilingan oshkozon kasalligidan sung bemorlarni davolash va kuzatishning uzigaxos xususiyatlari
  151. Siydik-tosh kasalligi xuruji. Diagnostika va oilaviy shifokor
  152. Buyrak va o‘t qopi sanchig‘i, klinik protakol va standart bo‘yicha yordam ko‘rsatishda oilaviy shifokor taktikasi

O'rta tibbiyot xodimlari uchun savollar na`munasi

  1. Tez tibbiy yordam stantsiyasi faoliyatini tashkil etish. Tez tibbiy yordam feldsherining vazifalari.
  2. Bolalarda kuyish. Bolalarda kuyish kechishining o’ziga hos xususiyatlari.
  3. Favqulodda vaziyatlarda tez tibbiy yordam hodimlarining harakatlari.
  4. Bolalar travmatologiyasining xususiyatlari. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  5. Terminal holatlarining turlari, fazalari va ularning tashxisi. Reanimatsiya o’tkazish uchun ko'rsatma va qarshi ko’rsatmalar.
  6. CAB sistemasi orqali reanimatsiya o'tkazish texnikasi, klinik o’lim va biologik o’lim belgilari.
  7. Zamonaviy shok klassifikatsiyasi. Tashxis mezonlari. Tez tibbiy yordamni tashkil etishning umumiy tamoyillari.
  8. Ektopik homiladorlik (Bachadondan tashqari). Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  9. O’SV usullari. O’SV o’tkazish uchun ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalar. O’SV apparatlarini ishga tayyorlash.
  10. O’SV usullari. O’SV o’tkazish texnikasi. Kelib chiqshi mumkin bo’lgan asoratlar.
  11. Bronxial astma huruji. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  12. Qon ketishining tasnifi. Qon ketishini vaqtincha to'xtatish usullari.
  13. Qon ketishining tasnifi. Qon ketishini uzil-kesil to'xtatish usullari.
  14. OIV infektsiyasining epidemiologiyasining xususiyatlari. OIV infektsiyasining klinik ko'rinishi va oldini olish.
  15. Gemorragik shok. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  16. O’pkadan qon ketish.. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  17. Oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak perforatsiyasi. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  18. Stenokardiya tasnifi. Stenokardiya huruji klinikasi, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  19. O'tkir pnevmoniya. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam. Asoratlar.
  20. Kardiogen shok. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  21. Xilpillovchi aritmiya. Klinika, tashxis, kasalxonadan oldingi bosqichda yordam, kasalxonaga yotqizish uchun ko'rsatmalar.
  22. O'tkir ichak tutilishi. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  23. Qorinchalar taxikardiyasi. Aritmiya bilan og'rigan bemorlarni kasalxonaga yotqizish uchun differentsial tashxis, klinika, yordam, ko'rsatmalar.
  24. Churra siqilishi klinikasi, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  25. Yurak tamponadasi kelib chiqish sabablari. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  26. O'tkir appenditsit. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  27. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  28. Meningokokk infektsiyasi. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  29. Gipertonik krizlar. Tasniflash. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.Asoratlar, kasalxonaga yotqizish uchun ko'rsatmalar.
  30. Anafilaktik shok. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  31. Degidratatsion shok. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  32. Neyrogen shok. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  33. Shok indeksini aniqlash va shokning kechish davrlari. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  34. Miyada qon aylanishining buzilishi. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam. Kasalxonaga yotqizish uchun ko'rsatmalar.
  35. O'tkir xoletsistit, o'tkir pankreatit. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  36. O’pka arteriyasi tromboemboliyasi sabablari. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  37. Bolalarda allergik reaktsiyalar. Allergik reaktsiyalar turlari. Klinik ko'rinishning xususiyatlari. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam. Kasalxonaga yotqizish uchun ko'rsatmalar.
  38. Bolalarda o'tkir zaharlanish. Bolalardagi zaharlanishning xususiyatlari. Klinika, shoshilinch tibbiy yordam. Faol detoksifikatsiya usullari.
  39. Yopiq bosh miya jarohati. Tasniflash. Klinika, tashxis, yordam, feldsher taktikasi.
  40. Qandli diabet. Qandli diabet tiplari. Qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda favqulodda vaziyatlar.
  41. Giper va gipoglikemik komalarning differentsial tashxisi va sabablari. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  42. Epileptik tutqanoqlar. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  43. Buyrak tosh kasalligi sabablari. Buyrak sanchig’i klinikasi. Kasalxonadan oldingi bosqichda yordam. Kasalxonaga yotqizish uchun ko'rsatmalar.
  44. Homiladorlik, tug'ish, tug'ruqdan keyingi davrda qon ketish. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam.
  45. Kuyish va kuyish shoki. Tasniflash. Klinika, kuyishning og'irligini aniqlash, shoshilinch tibbiy yordam.
  46. Yangi tug'ilgan chaqaloqqa birlamchi ishlov berish va reanimatsiya choralari. Tirik tug'ilish belgilari.
  47. Bolalardagi yurak-o’pka reanimatsiya xususiyatlari va texnikasi.
  48. Travmatik shok. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam. Kasalxonaga yotqizish uchun ko'rsatmalar.
  49. Ko'krak va qorin bo'shlig'ining birlashtirilgan va ko'p sonli shikastlanishi. Yetakchi zararni aniqlash tamoyillari. Klinika, shoshilinch tibbiy yordam, taktika.
  50. Nevralgiya, radikulit, pleksit, nevrit, polinevrit. Klinika, shoshilinch tibbiy yordam, taktika. Kasalxonaga yotqizish uchun ko'rsatmalar.
  51. Giyohvandlik turlari. Giyohvan moddalardan zaharlanish belgilar. Klinika, shoshilinch tibbiy yordam, taktika.
  52. O'tkir piyelonefrit, o'tkir pankreatit, o'tkir prostatit. Klinika, tashxis, yordam. Kasalxonaga yotqizish uchun ko'rsatmalar.
  53. Gestoz turlari. Tashxis. Preeklampsiya va eklampsiyada shoshilinch tibbiy yordam.
  54. Spirtli ichimliklar va uning surrogatlari bilan o'tkir zaharlanish. Klinika, tez yordam, feldsher taktikasi.
  55. Soviq urishi. Tasniflash. Sovuq urish darajalarini aniqlash va tez tibbiy yordam ko’rsatishning o’ziga hos hususiyatlari.
  56. Umumiy sovuq urishi. Klinika, tez yordam, feldsher taktikasi.
  57. Psixotrop dorilar bilan o'tkir zaharlanish. Klinika, tez yordam, feldsher taktikasi.
  58. Astmatik status. Klinika, tez yordam, asoratlari va feldsher taktikasi.
  59. Bolalarda o'tkir jarrohlik va o'tkir urologik kasalliklar kechishining xususiyatlari.
  60. Suyak chiqshi. Klinika, transpartirovka va immobilizatsiya qoidalari, tashxis, tez yordam, feldsher taktikasi.
  61. Uzoq muddatli siqilish sindromi (Krash). Klinika, tez yordam, feldsher taktikasi.
  62. Bezgak (Malyariya). Epidemiologiya, klinika, tashxis, tez yordam, feldsher taktikasi.
  63. Ochiq miya shikastlanishi. Tasniflash. Klinika, shoshilinch yordam ko'rsatish xususiyatlari.
  64. Gepatit"B". Epidemiologiya. Virusli gepatit "B" klinikasi. Oldini olish. Tez yordam feldsheri taktikasi.
  65. Ko'krak qafasidagi shikastlanishlar. Tasniflash. Ochiq va yopiq ko'krak shikastlanishi klinikasi. Tez yordam, feldsher taktikasi.
  66. O'tkir yurak yetishmovchiligi. Turlari. Klinikasi. O’tkir MI, gipertonik kriz fonida rivojlangan o'tkir yurak yetishmovchiligini davolash xususiyatlari.
  67. Burun jarohatlari. Klinika, tez yordam, feldsher taktikasi.
  68. O'tkir nafas yetishmovchiligi. Tasniflash. Klinika, tez yordam, feldsher taktikasi.
  69. Qorin bo'shlig'idagi shikastlanishlar. Tasniflash. Klinika, tez yordam, feldsher taktikasi.
  70. O'tkir respirator virusli infektsiyalar. Klinika, tashxis, tez yordam. Kasalxonaga yotqizish uchun ko'rsatmalar.
  71. Issiqlik urishi. Klinika, tez yordam, feldsher taktikasi.
  72. Cho'kish paytida reanimatsiya xususiyatlari, cho’kish turlariga qarab shoshilinch yordam ko’rsatish.
  73. O'tkir ichak infektsiyalari, oziq-ovqat toksikoinfektsiyalari. Epidemiologiya. Klinika, tez yordam, feldsher taktikasi.
  74. Tug’ruqxonadan tashqari tug'ruqni olib borish. Tug’ruq davrlari. Tug’ruqning I, II, III davrlarini olib borishning o’ziha hos xususiyatlari.
  75. Angina turlari. Klinika, tez yordam, feldsher taktikasi. Tomoq og'rig'ining asoratlari. Kasalxonaga yotqizish uchun ko'rsatmalar.
  76. Infeksion kasalliklar haqida tushuncha. Infeksion kasalliklarning shakllari. Infektsiya tarqalish yo'llari. Yuqumli kasallik davrlari va profilaktikasi.
  77. O'tkir ruhiy buzilishlar. Ong buzilish turlari. Tez tibbiy yordam va kasalxonaga yotqizish uchun ko'rsatmalar.
  78. Deliriy sindromi. Deliriyda feldsher taktikasi.
  79. Psixomotor qo'zg'alish. Klinika, yordam, taktika.
  80. O’ta xavfli infektsiyalar ro'yhati. O’ta xavfli yuqumli kasalliklarga chalingan bemorni aniqlashda tez tibbiy yordam feldsherining harakatlari.
  81. Vabo klinikasi. Tez tibbiy yordam va feldsher taktikasi.
  82. Disfunktsional qon ketish. Klinika, tez yordam, feldsher taktikasi.
  83. Orqa miya shikastlanishining turlari. Tashxis. Klinika, tez yordam, feldsher taktikasi.
  84. O'tkir quloq kasalliklari. O’tkir otit klinikasi va asoratlari. Kasalxonaga yotqizish uchun ko'rsatmalar.
  85. Shoshilinch tibbiy yordamda qo'llaniladigan mahalliy va umumiy og'riqni qoldirish usullari va dori vositalar.
  86. Koma holatlari. Komani aniqlash, tashxislash. Koma sabablari. Komada bo'lgan bemorlarni tekshirish hususiyatlari. Feldsher taktikasi.
  87. Glaukomaning o'tkir huruji. Klinika, tez yordam, feldsher taktikasi.
  88. Ko'z kuyishi. Surunkali va termal ko'z kuyishi klinikasining xususiyatlari. Shoshilinch tibbiy yordam.
  89. O'tkir siydik tutilishi: sabablari, kasalxonagacha yordam, feldsher taktikasi.
  90. Yuqumli kasalliklarda kuzatiladigan favqulotda vaziyatlar. Shoshilinch tibbiy yordam. Feldsher taktikasi.
  91. Burun, quloq, halqum, qizilo'ngach, traxeyada yot jismlar bo’lishi. Klinika, tez yordam, feldsher taktikasi.
  92. Kislorodli terapiya. Ko'rsatkichlarni nazoratga olish va monitoring. O'tkazish texnikasi.
  93. Ko'z qovoqlarining, ko'z orbitsining, ko'z olmasining shikastlanishi. Ko'z olmasiga yot jism tushishi. Klinika, tez yordam, feldsher taktikasi.
  94. Bolalarda o'tkir nafas yetishmovchiligi. Klinika, tez yordam, feldsher taktikasi.
  95. Qorin tifi, salmonellyoz, botulizm. Epidemiologiya, klinika, tez yordam, feldsher taktikasi.
  96. Terminal holatidagi bemorlarda havo yo'llarining o’tkazuvchanligi buzilishining asosiy sabablari va ularni yo'q qilish usullari.
  97. Traxeya intubatsiyasi. Ko'rsatkichlar. O'tkazish texnikasi va kelib chiqishi mumkin bo'lgan asoratlar.
  98. Diffuz va tugunli toksik bo’qoq. Toksik bo’qoq bilan og'rigan bemorlarda favqulodda vaziyatlar. Klinika, tez yordam, feldsher taktikasi.
  99. Talvasa sindromi. Sabablari, tez yordam, feldsher taktikasi.
  100. Halqum, qizilo'ngach, hiqqildoq, traxeyaning shikastlanishi. Sabablari. Klinika, tez yordam, feldsher taktikasi.
  101. Burundan qon ketish. Sabablari, klinikasi, yordam ko’rsatish, burun tamponadasiga ko'rsatmalar.
  102. Gazsimon xlor, ammiak, vodorod sulfidi, uglerod oksidi bilan zaharlanish. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam, feldsher taktikasi.
  103. LOR organlarining termik va kimyoviy kuyishlari. Klinika, tez yordam, feldsher taktikasi.
  104. O'tkir qon tomir kasalliklarining asoratlari: miya shishi. Klinika, shoshilinch tibbiy yordam, feldsher taktikasi.
  105. Hiqildoq va traxeyaning o'tkir kasalliklari. Stenozlashgan laringotraxeit va angina klinikasi, shoshilinch tibbiy yordam, feldsher taktikasi.
  106. I, II, III, IV darajali stenozlarda yordam berish. Feldsher taktikasi. Zaharlanishning tasnifi.
  107. O'tkir zaharlanish bosqichlari. O'tkir zaharlanishni davolashning umumiy tamoyillari. Shoshilinch tibbiy yordamda qo'llaniladigan faol detoksifikatsiya usullari.
  108. Nevrologik komalar. Klinika, tashxis, shoshilinch tibbiy yordam, feldsher taktikasi.
  109. Terminal holatidagi bemorlarda qon aylanishini sun'iy ravishda ta'minlash.
  110. Bilvosita yurak massaji texnikasi. Favqulodda vaziyatlarning tibbiy va taktik xususiyatlari.
  111. Meningokokk infektsiyasi. Klinik shakllari: meningokkemiya, meningoensefalit. Epidemiologiya. Klinik. Yordam. Feldsher taktikasi.
  112. Nozokomial infektsiyaning oldini olish, asosiy ko'rsatmalar. Tibbiy mahsulotlarni qayta ishlash, sterilizatsiya oldidan tozalash bosqichlari, sterilizatsiya oldidan tozalash sifatini nazorat qilish.
  113. Bir martalik ishlatiladigan mahsulotlarni dezinfektsiyalash va sterilizatsiya qilish xususiyatlari.
  114. Defibrillyatsiya oʼtkazish texnikasi. Texnika xavfsizligi va monitoring.
  115. 35 yoshli erkak tez yordamga murojaat qilgandan so‘ng, qayd etildi: komatoz holatat, og‘riq reflekslarning yo‘qligi , orqa miya reflekslari saqlanib qolgan. Terisi ko‘kimtir, sovuq, yuzi oqargan. Ko‘z qorachiqlari keskin toraygan, yorug‘likka reaksiya yo‘q, nafas olishi minutiga 4-6 marta Cheyn-Stoks turi. Yurak tonlari bo’g’iq, minutiga 50 ta, qon bosimi 100/40 mm.sm.ust. Qorin yumshoq, shishgan. Siydik qopi to‘la. Klinik ko‘rinishlariga ko‘ra zaharlanishning etiologiyasini aniqlang, shoshilinch choralarni ko‘rsating va kerakli dori-darmonlarni belgilang.
  116. Tez yordamga murojaat qilgandan so‘ng qayd etildi: 18 yoshli bemor. Ahvoli o‘rtacha og‘irlikda, hushi joyida, oshqozon sohasida og‘riqdan shikoyat qiladi. Anamnezda: 15 minut oldin bemor uyida bilmasdan sirka kislotasidan ichib yuborgan. Sizning tashxisingiz va taktikangiz?
  117. 26 yoshli ayol uyga tez yordamni chaqirtirdi.Shikoyatlari bosh aylanishi, pastki qorinda to‘satdan o‘tkir og‘riq. Og‘riq to‘g‘ri ichak ichiga beryapti , qindan kam qonli oqma. Anamnezidan ma'lum: oxirgi hayz 5 hafta oldin bo‘lgan. Bimanual tekshiruvda bachadon o‘ng tomonida 5 x 5 sm o‘sma paypaslanadi, keskin og‘riqli, harakatsiz. Qinning orqa ravog‘ining og‘rishi va kengayishi kuzatildi. Ayolning holatiga baho bering. Sizning taktikangiz?
  118. Siz tug‘riq jarayonida qatnashyabsiz. Bola tug‘ilganda qisqa muddat nafas to’xtash kuzatildi, chaqaloq tug‘ilib yig‘lamadi. Teri qoplami yengil ko’kargan. Bir daqiqida bolaning holati APGAR shkalasi buyicha 5 ballni tashkil etadi. Bolaning holatiga baho bering. Sizning taktikangiz. Nima qilasiz?
  119. Bemor buyrak soxasidagi sanchiqli og’rik xurujidan va siydigida qon borligidan shikoyat qiladi. Qaysi bir belgining avval paydo bo’lganligining ahamiyati bormi? 1.Avval og’riq paydo bo’lishi qaysi kasalliklarga xos? 2.Avval gematuriya paydo bo’lishi qaysi kasalliklarga xos 3. Gematuriyada sizning taktikangiz?
  120. Bemorda to’satdan o’tkir siydik tutilishi paydo bo’lgan, tenezm (yolg’on chaqiriq) bilan.1.Qaysi tekshirish usullarini kullash zarur? 2.Bemorga tashxis kuyishda yoshining axamiyati bormi? 3. Davolash choralari?
  121. Bemor 28 yoshda, tez yordamga murojaat qilgan. Shikoyatlari: bosh og‘rig‘i, holsizlik, siydikni kamayishi va go‘sht seliga o‘xshash, yuz qovoqlari shishib ketishi, yurakni tez-tez urushi va nafas qisishi, bel sohasida og‘riqga shikoyat qilmoqda. Obektiv ko‘rganda: teri rangi oqargan, yuzlarida shish, yurak urushi tezlashgan, bo’g‘iq,A/B 180/100mm sim ust teng. Palpatsiyada bel sohasida og‘riq. Sizning tashhisingiz va taktikaniz?
  122. Bemor 45 yoshda. Ikki yildan beri buyrak tosh kasalligi bilan og‘rib kelgan. Shikoyati: bel sohasida og‘riq, bosh og‘rig‘i, tana haroratini ko‘tarilishi, og‘riqli siyish. Siydikda piuriya, proteinuriya kuzatilayapti. 1.Kasallikni aniqlash uchun qanday tekshirish usullarini o‘tkazish mumkin. 2.Buyrak sanchig‘ida qanday yordam berish mumkin?
  123. Bola 11 yoshda, og‘riq dastlab epigastral soxada boshlanib, keyin o‘ng yonboshga o‘tganidan shikoyat qiladi. Og‘riq simillagan xarakterda, ko‘ngil aynishi va bir marotaba qusishdan shikoyat qiladi. Sizning taktikangiz?
  124. 9 yoshli o’gil bola,chap biqiniga yiqilib,mustaqil tura olmadi,chap chanoq-son bo’g’imi sohasida og’riqqa shikoyat qiladi. Ko’rikda, chap oyoq tashqi rotatsiya holatida, bemorda yopishgan tovon simptomi musbat, chap chanoq-son bo’g’imida xarakatlar og’rik hisobiga cheklangan. Dastlabki tashxis qanday? Qo’shimcha tekshiruv usullari. Sizning taktikangiz.
  125. Yo‘l-transport hodisasiga guvoh bo‘ldingiz, natijada avtomobil haydovchisi qo‘lini qattiq jarohatladi. Qo‘lda, faqat tirsak bo‘g‘imidan yuqorida chuqur yara ko‘rinib turibdi , undan qizil rangli qon pulsatsimon oqimda chiqayapti. Bemorning ahvolini aniqlang. Shoshilinch yordam algoritimi
  126. Ayol 30 yosh. Ayol qornining o‘ng yonbosh sohasida og‘riqdan shikoyat qiladi, qusish yo‘q, lekin ko‘ngil aynish hissi uni bezovta qiladi. Doimiy og‘riq yo‘q, radiatsiya yo‘q. Tana harorati 37,5. Bemor o‘zini bir necha soatdan beri kasal hisoblaydi. Tekshirishda: til bir oz karash, quruq, o‘ng sohada qorin og‘riqli, bu sohada qorin devori taranglashgan, Shetkin-Blumberg simptomi musbat bo‘ladi. Sitkovskiy va Obrazsov belgilari ham ijobiy. Taxmin qilingan tashxisingiz. Tashxisni tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha tekshirish usullari haqida gapirib bering. Shoshilinch yordam algoritimi
  127. 10 yoshli bola. Kurash vaqtida chap yonboshiga yiqilgan.Ko’rikda: chap boldir soxasida shish, deformatsiya, patologik harakat,krepetatsiya mavjud. Siznning tashxisingiz. Yana qanday tekshirish otkazasiz. Sizning taktikangiz
  128. Bemor tez yordamga murojaat qildi. Shikoyatlari :bosh aylanishi, xolsizlik, ko‘ngil aynishi, bir kun oldin ichi kelgan axlati qora rangli. Anamnezidan: bemor 7 yildan beri oshqozon yarasi bilan og’rib kelgan. Tekshirishda: bemor rangpar, puls minutiga 98 ta, qon bosimi 100/60 mm s.u.. Tili quruq, oq karash bilan qoplangan, qorni yumshoq, og‘riqsiz. Shyetkin-Blumberg manfiy.Bemorning ahvolini aniqlang. Sizning taktikangiz.
  129. Janjalda 23 yoshli erkakga bo‘yniga pichoq sanchilgan. Jabrlanuvchining ahvoli og‘ir, rangi oqargan, bo‘yinning o‘ng tomonida 2 sm x 0.5 smli yara bor, undan qizil rangli qon ritmik ravishda chiqardi. Bemorning ahvolini aniqlang. Shoshilinch yordam ko‘rsating. Jgut qo‘llash texnikasini namoyish qiling.
  130. Maktabga tez yordam chaqirig’i bo’lgan, 18 yoshli bemorda qandli diabet, insulin oladi. Sinfdoshlari so‘zidan, bir necha daqiqa oldin u ochlik, titroq, terlashgga shikoyat qilgan va hushini yo‘qotgan. Terisi oqargan, nam. Muskullar gipertonusi. Nafas olish normada. Puls tezligi 100 ta. Qon bosimi 130/90 mm. Bemorda rivojlangan shoshilinch holatni aniqlang. Yordam ko‘rsatish
  131. Soat 21:30da tez tibbiy yordam chaqirtirildi.Bemor 55 yoshli erkak kishi,yaqinlarining aytishicha ishdan charchab,asabiy holatda qaytib kelgan qattiq bosh og‘rig‘iga shikoyat qilib 1 ta tabletka trimol qabul qilgan.Poliklinikada gipertoniya kasalligi bilan “D” ro‘yhatda turadi. Dorilarni o‘z vaqtida qabul qilmaydi. Oxirgi marta ikki yil avval davolangan. Obyektiv:terisi nam,yuzining chap tomonida burun lab burmalari yassi,o‘ng qo‘l va oyoqda paralij aniqlandi. Puls tarang, AB 210/120 mm.sim.ust. Bemor ahvoli haqida qanday fikrdasiz? Bemorga shoshilinch yordam ko‘rsating.
  132. Bemor A. 55 yoshda, zinadan 2-chi qavatga ko’tarilayotganda to’sh orqasida sanchuvchi og’riq paydo bo’lgan. Og’riq chap yelka va bo’yin sohalariga tarqalgan. Bemor nitroglitserin qabul qilganda og’rik yo’qolgan. Bemorni EKG qilinganda ST segmenti pasayganligi kuzatilgan. Sizning tahminiy tashxisingiz? Qaysi kasalliklar bilan qiyoslaysiz?
  133. Bemor 37 yosh. Bemor ahvoli og’ir, tana harorati 40 C, yo’tal, bosh og’rig’i, qaltirash kuzatilmoqda, Obyektiv: lab va burun sohalariga uchuq toshgan, yo’tal vaqtida zangsimon balg’am ajraladi. Auskultatsiyada o’pkada nam hirillash, kerepetatsiya, yurakda bo’g’iq tonlar eshitiladi. Qanday kasallik hakida o’ylash kerak. Sizning taktikangiz.
  134. Suvga cho‘kkan bemorni hushsiz holatda olib chiqishdi, nafas-yurak faoliyati to‘xtagan, ko‘z qorachig‘i kengaygan, lablari, barmoqlar uchi ko‘kimtir, sovuq. Sizning tashxisingiz? Shoshilinch yordam ko‘rsating.
  135. 20 yoshli bemor avtohalokatga uchragan. Hushida, adekvat. Qorin old devorida shilingan jaroxati bor. Teri rangi och-pushti rangda. Pulsi 90 ta. AD 110/70 mm.sm. ust. Bemor qorin og’rig’iga va biroz bosh aylanishiga shikoyat qiladi. Sizning dastlabki tashxisingiz va taktikangiz qanday?
  136. 15 yoshli bemor behosdan shisha bo’lagi bilan qo’lini kesib oldi. Bemorning bilak sohasida 5,0x2,0 sm jarohat bor. Jarohatdan och-pushti rangli qon fontansimon otilib chiqmoqda. Sizning dastlabki tashhisingiz va taktikangiz qanday?
  137. Bemor 53 yoshda. Shikoyatlari boshni ensa sohasida qattiq og‘riq, bosh aylanishi, qusish, ko‘z oldida jimirlashlar. Bosh og‘rishi ancha yildan beri bezovta qilgan, kechadan boshlab ahvoli og‘irlashgan. Obyektiv: ahvoli o‘rtacha og‘irlikda yuzi qizargan, yurak qisqarishlar soni 92 ta, tomir urishi kuchaygan. AQB 200/110 sim. ust. teng. Nutqi buzilgan. Yurganda gandiraklaydi. Bemordagi holat yuzasidan sizning fikringiz. Qanday shoshilinch yordamni tashkil qilasiz?
  138. 11 yoshli qizchaning aytishicha yarim soat oldin badaniga toshma toshgan, qichishgan. Anamnezida 2 soat avval no‘xotsho‘rak yegan. Obyektiv: qizchaning terisida och pushti tusli teridan bo‘rtib chiquvchi aniq chegarali turli shakldagi toshmalar bor. Atrofi qizargan, qichiydi. Qavariqlar bosib ko‘rilganda rangi oqaradi va barmoq o‘rnida chuqurcha hosil bo‘ldi. Nafasi, tomir urishi biroz tezlashgan. Sizning xulosangiz? Yordamni qanday tashkil etasiz.
  139. Qabulxonaga 1,5 yoshli bola onasi tomonidan olib kelindi. Onasining aytishicha 1,5 yoshli bolasi qarovsiz qolib shishachadagi kaliy permanganat kukunini yeb qo‘ygan. Umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli. Xadiksiragan qiyofada, biroz bezovta. Ko‘rilganda og‘iz shilliq qavati qo‘ng‘ir qizg‘ish tusda. Sizning taktikangiz? Qo‘shimcha tekshirish o‘tkazish shartmi? Yordamni qanday tashkil etasiz?
  140. Shoshilinch tibbiy yordam qabulxonasiga 5 sinf o‘quvchisi olib kelindi. O‘qituvchisining aytishicha bola bundan 15 minut oldin dars paytida bir necha minut bir tomonga tikilgancha harakatsiz haykaldek qotib qolgan. Savollarga javob bermagan, gapirmagan. Xushiga kelgach odatdagidek o‘z ishni davom ettirgan. O‘qituvchi bunaqa jarayon ikkinchi marta kuzatilishini, avvalgisida bola yiqilib tushganini aytadi. Ko‘rik paytida bolaning hushi joyida, savollarga iymanib, tutilib javob qaytaradi. Ichki a'zolar faoliyatida patologik o‘zgarishlar aniqlanmaydi. Sizning xulosangiz?
  141. Shoshilinch tibbiy yordam qabulxonasiga 14 oylik bola onasi tomonidan olib kelindi. Bola to‘rtinchi homiladorlikdan muddatida 2400 gr tug‘ilgan. Onasining aytishicha shu bolasi ancha injiq, ishtahasi past, ko‘p terlaydi, uning ustiga bolasi tez-tez «qotib» qoladi. Yarim soat avval bola nimadandir qo‘rqqan va nafasi hirillab so‘ngra nafasi bir necha soniyaga to‘xtab qolgan. Keyin hushiga kelib uyquchan bo‘lib qolgan. Ko‘rilganda bola ozg‘in. Uyquchan. Terisi rangpar. Sochlari siyraklashgan. Qanday xulosaga keldingiz? Yordam berish kerakmi yoki maslahat berasizmi?
  142. Shoshilinch tibbiy yordam qabulxonasiga 12 yoshli bola olib kelindi. Anamnezida 2 yildan buyon nafasi qisadi. Jiyda guli hidini yoqtirmaydi. Ko‘rilganda bola bezovta, qo‘llariga tayanib o‘tiribdi. Rangi biroz oqargan, akrosianoz (teri qoplamlari ko‘karinqiragan). Nafas olishi tezlashgan, nafas olishga qiynaladi, bo‘g‘iladi, entikadi, yo‘taladi. Qanday kasallikka shubha qildingiz? Yordamni qanday tashkil etasiz?
  143. 12 yoshli bemorning shikoyati: o’ng yonbosh sohasidagi simillovchi doimiy og’riqqa, ko’ngil aynishiga, og’iz qurishiga. Obyektiv ko’rilganda qorin yumshoq, o’ng yonbosh sohasi og’riqli. Filatov, Sitkovskiy simptomlari musbat. Qonda leykositlar soni 11 ming. Sizning dastlabki tashhisingiz va taktikangiz qanday?
  144. 20 yoshli bemor shifoxonaga kelishidan 5 soat oldin qorinning epigastral sohasida og’riq kuzatilgan, ko’ngli aynib bir marta qusgan. Keyinchalik og’riq o’ng yonbosh sohasiga o’tgan. Kasallikni hech narsa bilan bog’lamaydi. Bunaqa og’riqlar birinchi marta. Sizning dastlabki tashhisingiz va taktikangiz qanday?
  145. 35 yoshli bemor cho’kishdan keyin qutqarib olindi va qirg’oqqa olib chiqildi. Bemor hushsiz. Teri rangi oqargan. Pulsi aniqlanmaydi. Yurak tonlari eshitilmaydi. Nafasi aniqlanmaydi.Sizning dastlabki tashhisingiz va taktikangiz qanday?
  146. Bemor 52 yoshda. Shikoyatlari : qiyin ajraluvchi shishasimon tusli balg’amga, yo’tal, nafas yetishmasligiga. 10 yildan beri betob. O’tkir respirator kasallik bilan og’rig’andan so’ng ahvoli og’irlashgan. Keyingi bir kun mobaynida ingalyator foyda bermagan.Obyektiv ko’ruvda bemor ahvoli o’rtacha og’ir, bezovta. Majburiy holatda. Sianoz. Nafas chiqarish qiyinlashgan.O’pkada xushtaksimon xirillashlar eshitiladi. Sizning dastlabki tashhisingiz va taktikangiz qanday?
  147. Bemor 42 yoshda. Qattiq asabiylashgandan keyin to’sh suyagi va chap ko’krak qafasida chap kurakka va pastki jag’ga beruvchi siquvchi og’rik paydo bo’lgan. Ko’rik paytida ahvoli o’rtacha og’irlikda. Terisi oqargan, barmoq uchlari ko’kargan. Qo’l-oyoqlari muzdek. Darmonsiz. Es-xushi buzilgan. Tormozlangan. Yurak tonlari bo’g’iq. Pulsi ipsimon 92 ta. Arterial qon bosimi 80/60 mm.sm. ust. Sizning dastlabki tashxisingiz va taktikangiz qanday?
  148. Shifoxonaga 30 yoshli bemor tana yuzasining 30% termik kuyishi bilan og’ir ahvolda olib kelindi. Bemor bezovta. Hushida. Sovuq ter bilan qoplangan. Teri rangi oqargan. Nafasi yuzaki. Arterial qon bosimi 80/40 mm.sm.ust. Pulsi 120, ipsimon. Sizning dastlabki tashxisingiz va taktikangiz qanday?
  149. Shifoxonaga 2 yoshli bemor olib kelindi. Shikoyati xurujsimon yo’talga, nafas yetishmovchiligiga, bezovtalikka. Anamnezidan: 1 soat oldin ovqat paytida qalqib ketgan, xurujli yo’tal boshlangan, yuzlari ko’karib bezovta bo’lgan. Obyektiv ko’ruvda teri rangi och pushti. Og’iz-burun uchburchagi ko’kargan. Nafasda yordamchi mushaklar ishtirok etadi. O’pkada o’ng tomonlama quruq xirillashlar eshitiladi. Sizning dastlabki tashxisingiz va taktikangiz qanday?
  150. 27 yoshli bemor shoshilinch tibbiy yordam qabulxonasiga tana haroratining ko’tarilishiga, o’ng bel sohasidagi og’riqqa, siydik rangining loyqalanishiga, ko’ngil aynishiga, qusishga shikoyat qilib keldi. Obyektiv ko’ruvda teri rangi och-pushti, tana xarorati 38 C. Qorni yumshoq, og’riqsiz. O’ng tomonlama turtki belgisi musbat. Sizning dastlabki tashxisingiz va taktikangiz qanday?

Create Your Own Website With Webador